“Yangi Oʻzbekiston yoshlari” dasturi ishlab chiqiladi

    Hukumat 11 Aprel 2023 4140

    Yigʻilishda aytilgan taklif va tashabbuslar boʻyicha yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etishga qaratilgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari” dasturi ishlab chiqiladi.

    Dasturda yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bandligini taʼminlash, ularni IT, xorijiy til, zamonaviy kasblarga oʻqitish, sportga jalb qilish, xorijdagi yoshlar bilan ishlash, milliy va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari nazarda tutiladi.

    Dasturda sohada erishiladigan aniq maqsadli indikatorlar belgilanadi.

    - Yoshlar bilan ishlash barcha rahbarlarning, keng jamoatchilikning, butun jamiyatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi, - dedi davlatimiz rahbari.

    Prezident bu borada parlament vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, siyosiy partiyalar, ziyolilar, nuroniylar, mahalla faollarini ham qattiq bel bogʻlab, yoshlar tarbiyasi, ularning muammolarini hal qilish bilan astoydil shugʻullanishga chaqirdi.

    Yigʻilish davomida hudud va soha rahbarlarining axboroti tinglandi.