Yangi platforma — ilm.argos.uz ishga tushdi

    Bu platformaning qulayligi shundaki, unda maʼlumotlar ham video ham matn koʻrinishida berilgan.

    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida sektorlar uchun tashkil etilgan maxsus seminarda sektorlar faoliyatida ahamiyat berishi lozim boʻlgan jihatlar, xususan ish avvalida aniq reja va maqsad qoʻya bilish, maʼlumotlar va hisobotlarni elektron tizim orqali yuritish, maxsus daftarlardagi oilalar va fuqarolarni tizimli roʻyxatdan chiqarish mexanizmlari tushuntirildi.

    Endilikda ushbu sektor rahbarlari faoliyati 13 ta aniq indikatorlar asosida muntazam baholab boriladi va muhimi, jarayonlarni aholi kuzatib borish imkoniga ega.

    Bundan tashqari, seminarda ilm.argos.uz platformasi ishga tushirilgani maʼlum qilindi. Bu platformaning qulayligi shundaki, unda maʼlumotlar ham video ham matn koʻrinishida berilgan. Qolaversa, platformadan turli qurilmalar orqali kirib, bemalol foydalansa boʻladi. Shuningdek, platforma orqali davlat xizmatchilari onlayn tarzda har kuni bilimini oshirib borishi mumkin.