Qaror loyihasida:
vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida aktsiyador (ta'sischi va ishtirokchi) funktsiyalari amalga oshirilayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav fondi (ustav kapitali), davlat ulushi, yil yakunlari bo'yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari, ishlab chiqarish ko'rsatkichlari, ishchi o'rinlari soni, korxonalar boshqaruv va nazorat organlari tarkibi to'g'risidagi asosiy ma'lumotlarni joylashtirish;
2020 yil yakunlari bo'yicha davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining iqtisodiy va moliyaviy natijalari, shuningdek boshqa statistik ma'lumotlar faoliyat natijalari to'g'risidagi yig'ma hisobotni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rasmiy veb-saytida joylashtirish;
2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-sayti bo'lishi, unda iqtisodiy, moliyaviy va boshqa statistik ma'lumotlarning joylashtirilishi;
davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-saytlarida ularning ulushi mavjud bo'lgan korxonalar, bo'sh turgan, foydalanilmayotgan, nosohaviy aktivlari va asosiy ma'lumotlarni joylashtirish talabini kiritish ko'zda tutilgan.
e'tiborli jihati, davlat ishtirokidagi korxonalar rasmiy veb-saytlarida ma'lumotlarning muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marta) o'z vaqtida va to'liq joylashtirilmaganligi va Agentlikka taqdim etilmasligi ijro etuvchi organ rahbari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish tashabbusi bilan chiqishga olib keladi.