Yangi qurilayotgan koʻp qavatli uylar bosqichma-bosqich “yashil energiya” uylariga aylantiriladi

    Davlatimiz rahbari umuman barcha hududlarda yangi qurilayotgan koʻp qavatli uylarni bosqichma-bosqich “yashil energiya” uylariga aylantirish muhimligini taʼkidladi.

    Buni ragʻbatlantirish maqsadida quriladigan uy-joyni energiya bilan taʼminlash uchun quyosh elektr stansiyalari bilan shartnoma tuzgan developerlarga bunday uylar uchun foyda soligʻi olinmaydi, kredit stavkasi 2 foiz arzon qilib beriladi.

    Natijada developerning xarajati kamayadi, undan uy olgan odamlarga esa elektr arzonroq boʻladi.

    Bunday “yashil uylar” quradigan developerlarga xalqaro liniyalardan mablagʻ jalb qilish imkoniyatlari keskin oshadi.