Yangi qurilayotgan turar joyda tuproq bosib qolgan ishchining hayoti qutqarildi

    Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” mahallasi yangi qurilayotgan turar joy majmuasi chuqurida payvandlash ishlarini olib borayotgan shaxsni tuproq bosib qoldi.

    Shu haqdagi xabar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kecha, 24-may kuni soat 17:05 da kelib tushadi.

    Zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan qutqaruvchilar fuqaroni tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam koʻrsatilgan va shifoxonaga yuborilgan.

    Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida.