Yangi qurilayotgan uylar va ularni sotib olishga doir barcha maʼlumotlarni jamlagan sayt yaratiladi

    Raqamlashtirish 17 Iyun 2021 4734

    Aholi uchun qurilayotgan uylarning dislokatsiyasi, narxi hamda ipoteka krediti olish mumkin boʻlgan banklar va kredit shartlari haqidagi maʼlumotlar jamlangan veb-portallar yaratildi.

    Bu haqda AOKAda Qurilish vazirligi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi:

    «Shahar va qishloq joylarda koʻp qavatli uy-joylarni barpo etishga moʻljallangan massivlar va uylarning namunaviy loyihalari ishlab chiqildi. Qurilish vazirligi tomonidan, uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlari doirasidagi uy-joylar loyihalari, ularni dislokatsiyasi (joylashuvi), soni, ishlatiladigan qurilish materiallari, narx-navo shakllanishi, koʻp kvartirali uy-joylar qurilishi narxi va boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan uy-joy.mc.uz veb-portali yaratildi.

    Shuningdek, ipoteka kreditlarini berish va subsidiyalar ajratish tartibi, uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari, ular tomonidan qurilayotgan koʻp kvartirali uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi, kredit olish mumkin boʻlgan tijorat banklari va ular tomonidan beriladigan kreditlar shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etuvchi ipoteka-bozori.uz Ipoteka veb-portali ishga tushirildi.

    Bugungi kunda ikkala veb portallar integratsiya qilish yoʻli bilan bir-biriga bogʻlandi hamda fuqarolar uchun maʼlumotlar olinishi yana-da yengillashtirildi».