— Shifoxonalardagi muammolarni kabinetda oʻtirib hal qilib boʻlmaydi. Shuning uchun tizim masʼullarini joylarga joʻnatayapmiz. Har birimiz haqiqiy vaziyatni oʻz koʻzimiz bilan koʻrib, oʻrganib, tahlil qilib, qisqa muddatda puxta yechim topish harakatidamiz, — deydi vazir.

Eslatib oʻtamiz, bayram va dam olish kunlari vazirlik tizimidagi 1049 ta oilaviy poliklinika, 1080 ta oilaviy shifokor punkti, tuman, viloyat va respublika shifoxonalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritmoqda.