Mahallaning “faol” modelini joriy etish, uni aholi muammolarini bevosita hal qilish hamda hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan taʼminlash maqsadida “Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahalla toʻgʻrisida”gi qonun loyihalari ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Shuningdek, vazirlikda soha targʻibotini olib borish hamda tanqidiy materiallarga doimiy munosabat berib borishni takomillashtirish maqsadida zamonaviy texnik vositalar va imkoniyatlar bilan taʼminlangan Media-markaz qurib bitkazildi, yaqinda foydalanishga topshiriladi.