Yangi tizim respublika boʻyicha eng bilimli yoshlarni saralash imkonini beradi

    2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash va ularga boʻlgan talab prognoziga muvofiq 4-yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1-yil)

    Joriy yilning 6-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda quyidagi islohotlarni joriy qilish taklif etildi:

    Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish boʻyicha:

    - davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;

    - ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi;

    - 2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash va ularga boʻlgan talab prognoziga muvofiq 4-yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1-yil);

    - oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi oʻquv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha shakllantiradi;

    - davlat buyurtmasi asosida grant oʻrinlari har bir yoʻnalish uchun respublika boʻyicha toʻplangan ballar ketma-ketligiga koʻra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.