Yangi Toshkent aeroporti quriladigan hududdagi aholi koʻchirilib, ularga kompensatsiya toʻlab beriladi

    Avvalroq Oʻrta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlarining tutash hududida yangi Toshkent aeroporti qurilishi xabar qilingandi.

    Shu yilning 20-oktyabr kuni Prezidentimiz boshchiligida mazkur Yangi Oʻzbekistonning “Oltin ostonasi” deya taʼriflanayotgan bu loyihaga start berildi.

    Aeroport uchun Oʻrta Chirchiq tumanining Xalqobod va Yangiyoʻl mahallalaridan yer ajratilgan. Aeroport qurilishi bilan bogʻliq tashkiliy yumushlar doirasida tumani hokimi I.Kasimov Xalqobod mahallasi aholisi hamda hududdagi fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan muloqot oʻtkazdi.

    Bu haqda Oʻrta Chirchiq tumani hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

    «Unda aholi xonadonlariga va fermer xoʻjaliklari hududidagi mavjud bino-inshootlariga kompensatsiya toʻlab berilishi, uning tartiblari haqida atroflicha tushuntirish hamda aholi va fermerlar tomonidan berilgan savollarga javob berildi", — deyiladi xabarda.