Qayd etilishicha, bu haqda vazirlik axborot xizmati OʻzAga maʼlum qilgan.
Bandlik vazirligi “Yangi Toshkent” shahrining qurilishi loyihasi uchun boʻsh ish oʻrinlari xususida eʼlon bergan edi. Taklif oylik maoshning yuqoriligi, ish beruvchi tomonidan uch mahal ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanishi tufayli qurilish sohasida ishlovchilarning qiziqishiga sabab boʻlgan. Biroq fuqarolar vazirlik xabarida qoldirilgan raqamlar ishlamayotgani xususida OAVga arz qilishgan.
Buni qoʻngʻiroqlar soni koʻpaygani bilan izohlagan vazirlik, bir necha soat ichida fuqarolarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida telegram-bot ishga tushirgandi.