Yangi Toshkent shahri hududida “Peterburg mahallasi“ barpo etiladi

    Urbanizatsiya 13 Iyun 2025 1222

    Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakovning Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Nikolay Linchenko boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Qayd etilishicha, uchrashuvda shaharsozlik va shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqildi.

    Shuningdek, Yangi Toshkent shahri hududida hududlararo sheriklik aloqalarini mustahkamlashning ramzi sifatida “Peterburg mahallasi“ turar-joy va jamoat makonini barpo etish gʻoyasiga alohida eʼtibor qaratildi.

    Tomonlar qulay shahar muhitini rivojlantirish, zamonaviy arxitektura yechimlarini joriy etish va aholi turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishda oʻzaro manfaatdorlik bildirdilar.