баннер
21 Mar 2025
20:23

    “Yangi Toshkent shahrini“ barpo etish uchun yana yer maydoni ajratildi

    Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan Yuqori Chirchiq tumanidan “Yangi Toshkent shahri”ni barpo etish uchun yana yer maydoni ajratildi.

    Toshkent shahar hokimligining maʼlum qilishicha, “Bordonkoʻl” hududidan 75,22 gektar, “Doʻstlik” hududidan esa 47,1 gektar jami 122,3 gektar yer maydoni ajratildi.

    Maʼlumot oʻrnida shu kunga qadar, jami 220 gektardan ortiq yer maydonlari “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech