Yangi VoWi-Fi texnologiyasi bilan mobil aloqa doim barqaror bo‘ladi

    Raqamlashtirish 24 Avgust 2024 345

    VoWi-Fi nima? VoWi-Fi (Voice over Wi-Fi) texnologiyasi yordamida siz mobil tarmoq signali zaif bo‘lgan joylarda ham Wi-Fi orqali qo‘ng‘iroq qilishingiz va xabar yuborishingiz mumkin.

    VoWi-Fi kimlar uchun foydali?

    Ko‘p qavatli uylarda yashovchilar uchun: agar siz zich qurilgan hududda yashasangiz va mobil signal yaxshi yetib bormasa, VoWi-Fi texnologiyasi yordamida qo‘ng‘iroqlarning barqaror sifatini ta’minlashingiz mumkin. Yuqori sifat uyingizdagi Wi-Fi orqali ta’minlanadi.

    Shahardan uzoqda bo‘lganlar uchun: endi mobil aloqa signali zaif bo‘lgan joylarda ham siz VoWi-Fi xizmatidan foydalangan holda, Internet yordamida barqaror aloqa o‘rnatishingiz mumkin.

    VoWi-Fi qanday ulanadi?

    UZTELECOMning VoWi-Fi xizmatiga ulanish juda oson. Buning uchun faqatgina ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon va Wi-Fi tarmog‘i kerak bo‘ladi. Telefoningiz sozlamalaridan VoWi-Fi funksiyasini yoqing va istalgan joyda aloqa sifatidan bahramand bo‘ling.

    UZTELECOMning VoWi-Fi xizmati orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiring va doim aloqada qoling!


    *Reklama