Yangi yil bayrami kuni avtobuslar harakati soat 01:00 gacha uzaytirildi

    Transport 30 Dekabr 2023 834

    Toshkent shahrida xizmat koʻrsatuvchi barcha avtobus yoʻnalishlarining ish vaqtlari 1-yanvar soat 01:00 ga qadar uzaytirildi.

    “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan koʻrsatilgan mazkur tashabbus 2023-yil 31-dekabr kuni Yangi yil bayram tadbirlari oʻtkazilishi munosabati bilan, aholiga koʻrsatilayotgan jamoat transporti xizmati sifatini oshirish va yoʻlovchilar tashish uzluksizligini taʼminlashga xizmat qiladi.

    "Shu bilan birga, poytaxtimizning 18 ta manzilida bezatilgan yangi yil archalariga oilangiz, yaqinlaringiz, hamkasblaringiz yoki doʻstlaringiz bilan quyidagi avtobus va elektrobuslarimizning xizmatlaridan foydalangan holda yetib olishingiz mumkin.

    Bayram kunlari transportlar harakati koʻpayishini inobatga olgan holda, shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan voz kechib, jamoat transportidan foydalanishingizni taklif etamiz", deyiladi xabarda.

    Bezatilgan yangi yil archasiga borish uchun quyidagi havola orqali tanishing.