Yanvar quruq va nisbatan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Yanvar oyining birinchi besh kunligida Oʻzbekiston hududi boʻyicha asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. 1-3-yanvar kunlari kunduzgi havo harorati 6-11 daraja iliq atrofida, 4-5-yanvar kunlari esa 1-3-yanvarga nisbatan 3-5 darajaga yuqori boʻladi.

Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechalari 0-5 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda. Harorat kechalari qisqa davrga 10-13 daraja sovuqqacha pasayishi va kunduz kunlari 16-18 daraja iliqqacha koʻtarilishi mumkin.

Yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchiliklar yanvar oyining birinchi oʻn kunligi oxirida, shuningdek, ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarning ayrim kunlarida kutilmoqda. Umuman olganda, oy uchun yogʻingarchilik miqdori meʼyor atrofida, baʼzi joylarda meʼyordan kam boʻlishi kutilmoqda.