Buxoro, Navoiy viloyatlarida esa yogʻingarchilik faqat kechasi boʻlishi mumkin. respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Yangi yil kechasi faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin.
1-yanvarda respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpogʻiston Respublikasida qor yogʻadi. Havo harorati deyarli oʻzgarmaydi.
Kechasi va ertalab respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.
Dam olish kunlari togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Yoʻllarda ehtiyot boʻling!