Qayd etilishicha, Mehnat kodeksining 252-moddasiga koʻra, mukofot va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar tartibi ish beruvchi tomonidan belgilanadi hamda jamoa shartnomasi yoki ichki hujjat bilan rasmiylashtiriladi.

Agar ichki hujjatda barcha xodimlarga bayram munosabati bilan mukofot berish majburiyati belgilangan boʻlsa, ish beruvchi uni berishi shart. Aks holda, bu qarzdorlikni keltirib chiqaradi.

Agar bunday majburiyat ichki hujjatlarda koʻzda tutilmagan boʻlsa, mukofot berish majburiy emas, u ixtiyoriy hisoblanadi.

Mukofotlashda kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mehnat kodeksining 4-moddasiga koʻra, jins, yosh, lavozim yoki mehnat natijalariga bogʻliq boʻlmagan boshqa holatlar asosida farqlash kamsitish hisoblanadi.

Bayram mukofotini bayramdan oldin ham, keyin ham berish mumkin — qonunchilikda aniq muddat belgilanmagan.

Byudjet tashkilotlarida mukofotlash tartibi faqat qonunchilikda belgilangan holatlarda amalga oshiriladi.