Shu munosabat bilan dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlari respublika boʻyicha sovuq va quruq ob-havo boʻlishi kutiladi. Mamlakatimizda meʼyordan 4-7 darajaga past boʻlgan harorat hafta davomida saqlanib turadi.
Maʼlumot uchun, oxirgi marta qorli Yangi yil boshlanishi 2013-yil 1-yanvarda kuzatilgan.

Toshkentda 1889-yilning Yangi yil kechasida meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori harorat 28 daraja sovuq kuzatilgan. 
Oxirgi 50 yil ichida Toshkentda bunday past harorat kuzatilmagan va bu davrda eng sovuq 1991-yil 1-yanvarga oʻtar kechasi boʻlib, Toshkentda harorat 13 daraja sovuqqacha pasaygan.
Eng issiq Yangi yil bayramlari 2009-yildan 2010-yilga va 2015-yildan 2016-yilga oʻtishda kuzatilgan, bunda kunduzgi harorat 31-dekabrda va 1-yanvarda 18-19 daraja issiq boʻlgan.
Yakshanba kuni 27-dekabrda yogʻib oʻtgan qor bu yilgi soʻnggi qor edi, Oʻzbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz kutib oladilar, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.