Yangi yilning ilk kunida 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi

    2025-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga koʻra, mamlakatimizda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi.

    Ularning 492 nafari oʻgʻil, 548 nafari qiz farzandlardir.

    Eng koʻp tugʻilish Fargʻona viloyatida (154 nafar) qayd etildi. Shuningdek, hududlar kesimida keyingi oʻrinlarni Qashqadaryo viloyati (119 nafar), Toshkent shahri (112 nafar), Samarqand viloyati (101 nafar), Surxondaryo viloyati (89 nafar) band etdi.

    Eng kam tugʻilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga toʻgʻri keldi.

    Eʼtiborlisi, tugʻilganlar orasida 7 egizak (jami 15 nafar bola) bor, yaʼni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uch homilalik egizakdir.