Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati xabar beradi

Maʼlum qilinishicha, parvozlar haftada ikki marta chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Namangan – Olmaota yoʻnalishi boʻyicha aviachipta narxi 996 863 soʻmdan (bagajsiz) va 1 072 574 soʻmdan (bagaj bilan), Namangan – Olmaota – Namangan yoʻnalishi boʻyicha esa 1 669 213 soʻmdan (bagajsiz) va 1 795 398 soʻmdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.