Shu bois, tumanda koʻp qavatli uylar qurilishiga jiddiy eʼtibor berilmoqda. Yaqin yillar ichida tumanning Yangi Vahim, Mustaqillik, Shahrixon va Qorakoʻrpa mahallalarida 21 ta mana shunday uylar qurilishi rejalashtirilgan.

Bugun 22-oktyabr kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yuqorida taʼkidlangan mahallalarda barpo etiladigan koʻp qavatli uylarning taklifiy loyihalari bilan tanishdi.

Seminar tarzida oʻtgan tadbirda qurilish sifatiga jiddiy eʼtibor qaratish, innovatsion qurilish materiallaridan keng foydalanish, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, qishloqlarda qurilayotgan uylarni muhandislik infratuzilmasiga ulash kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama etildi.

Andijon viloyati hokimligi

MATBUOT XIZMATI