Unga koʻra 2009-yil 1-yanvardan keyin tugʻilgan barcha odamlarga tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.
Taqiq kelajak avlodlar chekishini oldini olishga qaratilgan va hukumatning mamlakatni 2025-yilgacha “chekishsiz” toifasiga kiritish boʻyicha tashabbusining bir qismi.
Yangi qonunni buzganlik uchun taxminan 96 000 dollar miqdorida jarima solinadi.
Bundan tashqari, sigaret sotuvchi doʻkonlarni taxminan 6000 tadan 600 tagacha qisqartirish rejalashtirilgan.
Yangi Zelandiyada chekish darajasi - dunyodagi eng past koʻrsatkichlardan biri boʻlib - soʻnggi 12 oy ichida 9,4% dan 8% gacha pasaymoqda.