Yangi Zelandiyada 50ga yaqin delfin oʻzini qirgʻoqqa otdi

    Qutqaruvchilarning soʻzlariga koʻra, 40 ta hayvon omon qolgan.

    Yangi Zelandiyada kamida 49 ta delfin oʻzini qirgʻoqqa otdi va natijada ulardan toʻqqiztasi halok boʻldi, deb xabar berdi mahalliy “1 News” telekanali atrof-muhitni himoya qilish vazirligiga asoslanib.

    Mazkur hodisa dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 9.30da Nelson sayyohlik shahridan 90 km shimolda joylashgan hududda sodir boʻlgan.

    Qutqaruvchilarning soʻzlariga koʻra, 40 ta hayvon omon qolgan. Delfinlarga 65ga yaqin koʻngilli gʻamxoʻrlik qilmoqda.

    Vaziyat kuzatuv ostida.