Yangibozorda 13 ta tibbiyot punkti ish boshladi

    Shu kunlarda Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi Katli, Qadriyat, Qiyot, Ocha-qal'a, Oltinko'l, Shoirlar, Barhayot, Hamdo'stlik, Yangiobod mahallalarida 13 ta engil konstruktsiyali tibbiyot punkti ish boshladi.

    Kuni kecha ulardan uchtasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi, deya xabar berdi Yangibozor tumani hokimligi matbuot xizmati.

    Tadbirlarda Yangibozor tumani hokimi O'.Qurbonov, tibbiyot xodimlari, keng jamoatchilik vakillari hamda mahalla nuroniylari qatnashgan.

    Markazdan ancha olisda joylashgan mahallalarda tibbiyot punktlari faoliyat boshlashi shu hududlarda yashovchi aholini xursand qildi. endilikda fuqarolar shundoq qo'l cho'zsa etgulik masofada joylashgan tibbiy muassasalarga murojaat qiladi.