Yangiyer shahrida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochildi

    Raqamlashtirish 25 Noyabr 2020 677

    Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi foydalanishga topshirildi.

    Mazkur oʻquv markaz zamonaviy kompyuter jihozlari va yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan taʼminlangan boʻlib, hudud yoshlariga raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, robototexnika boʻyicha oʻquv kurslar tashkil etish va kibersportni yana-da ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish uchun moʻljallangan.

    Shuningdek, oʻquv markazida mahalliy hokimlik, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining shahar boʻlinmalari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirish koʻzda tutilgan, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati.