Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyer shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK Sirdaryo viloyati filiali va “S.M.” MCHJ mansabdor shaxslari oʻzaro til biriktirib, Xovos tumani “Xovos markazi” massivida 1 ta koʻp qavatli uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 947 mln soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlarini qoʻshib yozish orqali byudjet mablagʻlari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK Sirdaryo viloyati filiali mansabdor shaxslari va jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.