"Yangiyer shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi Yong'in-qutqaruv qismining dispetcherlik xizmatiga 12:30 da Yangiyer shahar A.Jomiy MFYdagi Kichik sanoat zonasida hududida joylashgan (ABZ) Xovos tumani yo'llardan foydalanish Unitar korxonasida yong'in sodir bo'lganligi to'g'risida xabar kelib tushgan.

Yong'inga 2 ta yong'in-qutqaruv ekipajalari 12:35 da etib borib, yong'in soat 12:37 da qurshab olinib, 12:42 da batamom o'chirilgan. Yong'in unitar korxonasi hududidagi 3 kv.m maydonda to'plangan bitum chiqindilarida sodir bo'lgan.

Moddiy zarar mavjud emas. Yong'in sababi aniqlanmoqda", — deyiladi xabarda.