Yangiyer shahrida shunday yoshlardan uch nafariga xonadon kalitlari tantanali ravishda topshirildi.
“Har kim o‘z shaxsiy uyi bo‘lishini xohlaydi. Bolalar uyida tarbiyalangan vaqtimizda buni orzu qilardik. Orzularimizni amalga oshirgan Prezidentimizga mingdan-ming rahmat! Bu otalarcha mehrni Vatanimizga xizmatimiz bilan qaytaramiz!”
Ushbu minnatdorlik so‘zlarini yangi xonadon egalari bo‘lgan har bir yosh ko‘zida quvonch yoshi bilan aytdi.