Yangiyerlik tadbirkor Ilhom Karimov xarobaga aylanib qolgan binoni “nol” qiymatda sotib olib, qayta rekonstruksiya qilib, uning oʻrnida zamonaviy zavod barpo etildi.

Loyiha qiymati 6 million dollarlik korxonada bir jarayonning oʻzida 1 tonna 800 kilogramm profil mahsulotidan 300 dona 6 metrlik akfa romlari ishlab chiqariladi.

Yangi ishga tushirilgan zavodda hozircha, bir smenada 25 nafar mahalliy yoshlar mehnat qiladi. Ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyolar qisman chet ellardan, shuningdek Samarqand va Jizzax shaharlaridagi turdosh korxonalardan olib kelinadi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.