Yangiyerdagi maktablardan biriga Maryam Yoqubova nomi beriladi

    Madaniyat 21 Iyun 2021 1755

    Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining navbatdagi oʻn uchunchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

    Kun tartibida uchta masala koʻrib chiqildi va muhokama qilingan har bir masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

    Sessiya qarori asosida shahardagi 1-sonli umumtaʼlim maktabiga teatr va kinoda 80 dan ortiq yorqin obrazlarni yaratgan, oʻzining “Oʻtkan kunlar”dagi Oʻzbekoyim, “Mahallada duv-duv gap” filmidagi Oyposhsha va boshqa rollari orqali muxlislar qalbini zabt etgan aktrisa Maryam Yoqubova nomi berildi.