Yangiyerlik ayollarga “Saxovat”dan yordam koʻrsatildi

    Ijtimoiy hayot 18 Yanvar 2022 1896

    “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boʻlimi yana bir xayrli ishga qoʻl urdi.

    Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir, huquqiy va maʼnaviy-psixologik qoʻllab-quvvatlashga zarurati boʻlgan, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”lar roʻyxatiga kiritilgan yangiyerlik 12 nafar ayolga “Mahalla” xayriya jamoat fondi Yangiyer shahar boʻlinmasi huzurida ochilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan yordam koʻrsatildi.

    — Shahar hududida yashayotgan, ana shunday daftarlar roʻyxatiga kiritilgan ayollarni 100 dan ortigʻiga oʻtgan yili, “Saxovat va koʻmak”dan yordam koʻrsatganmiz, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Yangiyer shahar boʻlinmasi shuʼba mudiri Anvar Narzullayev. — Bu gal ham ana shu ishlarni davom ettiryapmiz. 12 nafar ayolga zamonaviy, yengil va ixcham, eng soʻngi rusumdagi tikuv mashinkalaridan 12 donasini olib berdik.

    Endi ular ishsiz emas. Saxovatni saxovati bilan oʻz-oʻzini band etib, oʻz uylarida foydali kasb turi, yaʼni tikuvchilik bilan shugʻullanadi. Bu esa ular roʻzgʻoriga qoʻshimcha daromad olib kelishiga yordam beradi.

    “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boʻlimi matbuot xizmati.