Bugun Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogamov ishtirokida bo'lib o'tgan yig'ilishda tuman hokimligining turli lavozimlariga tayinlangan xodimlar tanishtirildi. 

Hokimning ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga Shuhrat Nasimov Aliboyevich tayinlandi.

Tuman hokimligining Hokim apparati rahbari lavozimiga Nozirbek Mo'minov Azimjonovich tayinlandi.

Tuman hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga Nigina Hakimova Alimdjanovna tayinlandi.

Tuman hokimligining Tahliliy-nazorat guruhi rahbari lavozimiga Avaz Hoshimov Maxmudjonovich tayinlandi.

Shuningdek, tuman hokimligi devonxona mudiri lavozimiga Luiza Ashirmatova Rimilevna tayinlandi.