Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning murdasi topildi

    Xavfsizlik 1 Fevral 2023 2040

    Gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022-yilning yoz oyilarida yollanma ishchi sifatida taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan.

    Joriy yilning 31-yanvar kuni Yangihayot tumanida zoʻrlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgan.

    Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v,z” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

    Maʼlumot oʻrnida, gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022-yilning yoz oyilarida yollanma ishchi sifatida taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan.

    Mazkur ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan maʼlumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.