— Joriy yilda xayriya tadbirlarimiz soni va sifatini yanada oshiramiz, — deydi fondning Toshkent shahar bo'limi raisi S. Karimov. — Xususan, Navro'z umumxalq bayrami oldidan shaharda istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishni rejalashtirganmiz. Bu yilgi tadbirlarimizda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ham qamrab olishni rejalashtiryapmiz.
Ta'kidlash joiz, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navro'z umumxalq bayrami oldidan mamlakatimizning har bir mahallasida xayriya tadbirlarini o'tkazadi. Homiylar ko'magida o'tkaziladigan mazkur tadbirlarda Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Saxovat uylarida yashayotgan vatandoshlarimiz, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda ko'makka muhtoj insonlar holidan xabar olib, ularga beg'araz yordam ko'rsatiladi.
“Mahalla” fondi
matbuot xizmati