баннер
26 Apr 2025
07:43

    Yangilangan Bojxona kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi

    Oxirgi 3-yilda Bojxona kodeksining 100 dan ortiq moddasiga oʻzgartirish kiritildi. Lekin uning qoidalari ham Jahon savdo tashkiloti, ham tadbirkorlarning talabiga mos emas.

    Dunyodagi 10 ta eng boy kompaniyaning 7 tasi IT va fintex sohalaridan chiqqan. Aholimizning 56 foizi yoshlar. Prezident taʼkidlaganidek, shu raqamlarni oʻzi sohada katta salohiyat, ish oʻrni, yuqori daromad yotganini koʻrsatadi.

    IT, fintex, innovatsiyalar, telekommunikatsiya kabi sohalarni xususiy korxonalar tez rivojlantirishi, yaratilgan sharoit tufayli qiymati 1 milliard dollardan oshgan “TBC Uzbekistan” va “Uzum” xususiy kompaniyalari paydo boʻlgani bunga yaqqol misol ekani taʼkidlandi.

    Bunday kompaniyalar koʻpayishi uchun yanada keng sharoitlar yaratiladi.

    Xususan, ularga rivojlanish va tadqiqot markazlari (R&D) uchun laboratoriya jihozlari, texnologik uskunalarni bojsiz olib kelishga ruxsat beriladi.

    IT, fintex, tadbirkorlikni moliyalashtirish, eksport, turizm, xizmatlar, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish kabi dolzarb masalalar boʻyicha Jamoatchilik kengashida ekspertlik guruhlarini tashkil qilish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

    Oxirgi 3-yilda Bojxona kodeksining 100 dan ortiq moddasiga oʻzgartirish kiritildi. Lekin uning qoidalari ham Jahon savdo tashkiloti, ham tadbirkorlarning talabiga mos emas. Shu munosabat bilan har tomonlama yangilangan Bojxona kodeksi loyihasini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech