Dekabr oyi reytingidan 6 nafar charm qoʻlqop ustamiz oʻrin olgan. Isroil Madrimov va Hasanboy Doʻsmatov oʻz vazn toifalarida 3-oʻrinni egallab turibdi. Bektemir Meliqoʻziyev 9-oʻrindan joy olgan boʻlsa, ogʻir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov Top-10ʼni yakunlab bergan.

Reytingdan oʻrin olgan bokschilarimiz:

Superogʻir vazn: Bahodir Jalolov 10-oʻrin;

Superoʻrta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqoʻziyev 9-oʻrin;

Birinchi oʻrta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 3-oʻrin;

Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 17-oʻrin;

Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov 37-oʻrin;

Birinchi oʻta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Doʻsmatov 3-oʻrin.