Yangilanish jarayonlarida kasaba uyushmalari ham faol qatnashmoqda

    Ijtimoiy hayot 23 Noyabr 2025 128

    Yaqinda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Prezidentning kasaba uyushmasi faollari bilan o‘tkazgan muloqoti chin ma’noda tarixiy voqea bo‘ldi.

    Unda kasaba uyushmalarining faoliyatini yanada rivojlantirish, mehnat munosabatlarini yaxshilash va bu boradagi kelgusi vazifalar aniq belgilab berildi.

    Davlatimiz rahbari bundan buyon ham “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini alohida ta’kidladi.

    Bugungi kunda kasaba uyushmalarining har bir a’zosi aynan shu shior asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni hayotga tatbiq etishda fidokorona mehnat qilmoqda.

    Jumladan, TDYU kasaba uyushmasi a’zolari ham sud-huquq sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etib, o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

    Bugungi kunda – Toshkent davlat yuridik universiteti birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimlarning o‘z faoliyati yoki o‘qish turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, xodimlarning mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalab, himoya qilib, faxriylarning holidan xabar olish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasasida qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ichki turizmni amalga oshirish, xodimlar va ularning oila a’zolarini sifatli sog‘lomlashtirish maqsadida turli sihatgohlarga dam olishini tashkil etish kabi jamoaviy, madaniy-ommaviy, ko‘ngilochar va sport tadbirlarini muntazam tashkil etib kelmoqda.

    TDYU Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi 2023-yil 11-may kunidan O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi xizmatiga o‘tkazildi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi umumiy yigilishida – 7 nafar Kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari saylangan. Doimiy ishchi organi – Ijroiya qo‘mitasi a’zolari –O‘razaliev M.K. – rais, Nosirxodjaeva G.A. – Umumta’lim fanlar va madaniyat kafedrasi mudiri, Xidoyatov B.B. – Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, Bozorov I.X. – Ekspluatasiya va ta’mirlash boshqarmasi boshlig‘i, Niyazova N.J. – O‘zbek tili va adabiyot kafedrasi professor v.b, Po‘latov Sh.Sh. – Yoshlar va sport boshqarmasi boshligi, Shayzakov N.T. – Talabalar turar joyi mudiri dan iborat tarkibda faoliyat olib bormoqda.

    Universitet ma’muriyati bilan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2025-yil 27-mart kuni jamoa a’zolarining mehnatga oid boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan 2025–2027-yillar uchun tuzilgan, 17 bob, 162 banddan iborat Jamoa shartnomasi imzolangan. Ushbu jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi muntazam ravishda jamoatchilik nazoratiga olingan. Jamoa shartnomasi shartlari va majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish komissiyasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Ish beruvchi vakillaridan teng miqdorda hamda TDYU Faxriylar kengashi raisidan iborat tarkibda ish olib boradi.

    Hozirgi kunda TDYU Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi jami 845 nafar a’zolarini birlashtirgan.

    Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga xodimlarimizdan 2024-yilda 368 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatgich 434 tani tashkil etdi. Shundan 170 tasi moddiy yordam, 264 ta murojaatlar esa sanatoriya, dam olish maskani, suzish havalari va farzandlari uchun yozgi oromgohlar hamda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishga yo‘llanma so‘rab ariza bilan murojaat qilishgan. Shulardan kasaba uyushmasi qo‘mitasiga kelib tushgan murojaatlarning 396 tasi (91.%) qanoatlantirilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar bo‘yicha (9.%) ijrosi kechiktirilgan va xodimlarga tushuntirish berilgan.

    Birgina 2025-yilda Kasaba uyushmasi tomonidan qilingan ishlarga to‘xtalib o‘tsak, Kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida 2025-yil universitetimizda faoliyat yuritayotgan 170 nafar yordamga muhtoj xodimlarimizga moddiy yordam ko‘rsatilgan.

    Kasaba uyushmasi tomonidan kasaba uyushma a’zolari va ularning farzandlarining sog‘ligini mustahkamlash uchun 2025-yilda 135 nafar xodimlar va ularning ota-onalariga Zarkent, Kosonsoy, Oqtosh, Botanika, Zomin, Chimyon, Turon, Chinobod, Chinobod plaza, Baxmal, Azim zomin shifo, Kohinur, Chortoq, Sevarsoy sanatoriysiga va Navro‘z, Rake nur, Qizil suv, Chatqol mauntains, Olmos, Zomin plato Wyundham va Livingstone dam olish maskanlariga imtiyozli yo‘llanma berildi. Shuningdek, 18 nafar xodimlarning farzandlariga “Westcamp” hamda ”Oqtosh” bolalar oromgohiga imtiyozli yo‘llanmalar berildi.

    TDYUda xodimlar o‘rtasida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” va O’zbekiston Kasaba uyushmalarining 120 yiligi munosabati bilan 6 ta “Zakovat” intellektual musobaqasi oʻtkazilib 20 ta jamoa ishtirok etishdi.

    Toshkent shahrida joylashgan A.Navoiy nomidagi opera va balet teatri, O‘zbek milliy akademik drama teatri, hamda Muqimiy nomidagi o‘zbek milliy musiqiy drama va komediya teatrlariga 175 nafar xodimlarning tashrifi tashkil etildi. Bugungi kunga qadar TDYU kasaba uyushmasi xodimlarni el suygan san’atkorlar, xushovoz xonandalarning yakkaxon hamda gala konsertlariga olib borishda ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Joriy yilda esa 566 nafar xodimlar konsert dasturiga olib borildi. Xodimlarimizning farzandlari uchun tashkil etilgan bayram konsert dasturlariga 242 nafar bolalar olib borildi.

    Shuningdek, Kasaba uyushmasi va Toshkent shahridagi “Clinic Pro” Tibbiyot markazi bilan xodimlar uchun tibbiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzildi. Bugungi kunda xodimlarimiz Universitet medpunkti shifokori yo‘llanmasi orqali mazkur klinikaning tibbiy xizmatlaridan, tibbiy ko‘rikdan bepul foydalanib, kelmoqda. Bugungi kunda 162 nafar xodimlarimiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tib davolanib sog‘lomlashtirildi. Birgina xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun 300,0 mln so‘m sarflandi.

    Kasaba uyushmasi jamoaviy, madaniy-ommaviy ko‘ngilochar hamda sport tadbirlar rejasiga asosan jamoada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etib kelmoqda. Xodimlar o‘rtasida sportning darts, badminton, stol tennisi, mini futbol, shashka, shaxmat, volleybol kabi turlaridan 16 ta musobaqa va turnirlar o‘tkazilib, 520 nafardan ortiq xodimning ishtiroki ta’minlandi.

    Toshkent davlat yuridik universitetida xodimlar o‘rtasida “Xavfsiz mehnat – sog‘lom jamiyat” shiori ostida mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha 1ta tanlov va 2ta seminar o‘tkazildi.

    “Ichki turizm”ni rivojlantirish, xodimlarning jamoaviy va oilaviy dam olishini tashkil qilish maqsadida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan “Sangardak” hamda Xiva, Buxoro va Samarqand shahriga jami 246 nafar xodimlar uchun sayohatlar uyushtirildi.

    M.Q. O‘razalyiev,
    TDYU kasaba uyushmasi raisi