Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, chaqnash natijasida uyning bir qismi qulab tushgan va xonadon egalari vayronalar ostida qolgan. Turar-joyning zarar yetgan qismidan 1984-y.t. I.S., 1987-yilda tugʻilgan I.N., 2006-yilda tugʻilgan I.R. va 2009-yilda tugʻilgan I.S. olib chiqilib, tibbiyot muassasasiga yuborilgan.

Chaqnash oqibatida 1984-y.t. I.S., 2006-yilda tugʻilgan I.R. vafot etgan boʻlib, 1987-yilda tugʻilgan I.N. va 2009-yilda tugʻilgan I.S. turli darajada tan jarohatlari olgan.

Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, chaqnashning asosiy sababi sifatida tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi taxmin qilinmoqda.

Voqea joyida Toshkent viloyati hokimligi, viloyat IIB, FVB, SSB va tegishli idoralarning kuch va vositalarini jalb qilingan boʻlib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.