Qarorning 1-ilovasiga muvofiq dastlab 28 ta tuman (shahar)da eksperiment tariqasida “Inson” ijtimoy xizmatlar markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish belgilangan.
Shunga asosan viloyatning Yangiyoʻl va Toshkent tumanlarida eksperiment tariqasida Ijtimoiy xizmatlar va yordamlar dastlab yoʻlga qoʻyilishi belgilangan va tanlab olingan.
Toshkent viloyatida eksperiment tariqasida olingan, zamonaviy sharoitlarga ega ilk “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Yangiyoʻl tumanida ochildi.
Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi S.Ergashev va tuman hokimi O.Ataullayev markazning kelgusidagi faoliyati va imkoniyatlari toʻgʻrisida soʻzlab oʻtdi.
Shundan soʻng, markazning ochilish tadbiri faxriy nuroniylar ishtirokida oʻtkazildi.
Endilikda tumanning 64 ta mahallasida 28 nafar ijtimoiy xodimlar faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.