Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.
Shu yilning 2-oktyabr kuni Yangiyoʻl shahrida yashovchi fuqaro shahar IIBga murojaat qilib, unda voyaga yetmagan 2020-yilda tugʻilgan I.M. (qiz) ga nisbatan nomaʼlum shaxs gʻayritabiiy usulda zoʻrlik ishlatganligi haqida maʼlum qilgan.
Holat yuzasidan JKning 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish) bilan ayb eʼlon qilinib, 1983-yilda tugʻilgan fuqaro B.D. protsessual tartibda ushlangan.
Bolalar ombudsmani oʻz vakolatlari doirasida mazkur ish yuzasidan kuzatuvini davom ettiradi
Bu borada qoʻshimcha axborot beriladi.