Loyiha doirasida yiliga 2 million AQSH dollari miqdorida 150 tonna mahsulot ishlab chiqariladi. Loyiha boʻyicha 20 ta ish oʻrni yaratiladi. Mahsulotning 50 foizi Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilinadi. Shu bilan birga, loyihaning ikkinchi bosqichida jenshen dorivor oʻsimligini Yangiyoʻl tumanida oʻstirish ham koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, qiymati 2 million AQSH dollari miqdorida boʻlgan kosmetik mahsulotlar va tibbiy niqoblar ishlab chiqarishga moʻljallangan yangi loyiha ham amalga oshiriladi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatiga koʻra, mazkur loyiha doirasida 30 ta yangi ish oʻrni yaratilib, yiliga 100 tonna kosmetika mahsulotlari va 5 million dona tibbiy niqoblar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. 
Yaqinda har ikkala tomon vakillari ishtirokida oʻtgan memorandumni imzolash marosimida loyihaning birinchi bosqichiga tayyorgarlik ishlari joriy yilning dekabr oyida boshlanishi koʻzda tutilgan.