Yangiyoʻlda qoʻyib yuborilgan kobra ilonlari boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangiyol tumani Tuyabugʻiz MFY hududida ilonlar qoʻyib yuborilgan” mazmunidagi xabar tarqaldi.

    Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi mazkur masala boʻyicha oʻrganish olib bordi.

    Aniqlanishicha, tumanning Tuyaboʻgʻiz MFY hududida yashovchi 1980-yilda tugʻilgan fuqaro N.Yu. oʻzi yashayotgan xonadonida 30 dan ortiq “Osiyo kobra” ilonlarini tegishli ruxsatnomasiz saqlab kelgan. Nomaʼlum sabablarga koʻra, fuqaro N.Yu.xonadonida saqlanayotgan ilonlar ochiqqa qoʻyib yuborilgan. Bu holat mahalliy aholi tomonidan aniqlanib, 2 ta kobra iloni tutib oʻldirilgan.

    Hozirgi vaqtda ishchi guruh tomonidan shu yaqin atrofda yashovchi aholi xonadonlarida dorilash ishlari olib borilib uy hayvonlarini vaqtincha tutqunlikda saqlab turish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

    Fuqaroga nisbatan IIB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilayotgani maʼlum qilinadi. Holat yuzasidan batafsil maʼlumot beriladi.