“Yangiyoʻl yogʻ-moy” AJ tomonidan 2024-yil fevral oyida birja savdolariga 10 tonnadan ziyod 250 mln soʻmga yaqin sovun mahsuloti tasdiqlangan grafik rejasi asosida muddatlar va hajmlarda qoʻyilishi koʻrsatilgan boʻlsada, ushbu mahsulot umuman sotuvga chiqarilmaganligi holatlari aniqlandi.

Raqobat qoʻmitasi bergan maʼlumotga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 311-bandi 18-xatboshisida, “Yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish” harakatlari manipulyatsiya deb hisoblanadi.

Shunga muvofiq, Qoʻmitaning hududiy boshqarmasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “Yangiyoʻl yogʻ-moy” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir chorasi qoʻllanilgan.