Bugungi dasturda terma jamoamiz aʼzosi Yanina Kuskova yana bir marotaba oltin medalga sazovor bo‘ldi.

U 23 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi shaxsiy poygada eng yaxshi natijani qayd etdi. 24 km masofani Kuskova 34:08.064 daqiqa ichida bosib o‘tdi va qitʼa chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni esa mos ravishda Qozog‘iston va BAA vakilalari egallashdi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha terma jamoamiz aʼzolari 2ta oltin va bitta kumush medalga sazovor bo‘lishgan edi.