Yanvar-fevral oylarida 4 mingga yaqin fuqaro ishlash uchun xorijga joʻnab ketdi

    Ijtimoiy hayot 2 Mart 2021 4142

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan pandemiya sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni turli xorijiy davlatlarga ishga jalb qilish boʻyicha amaliy choralar koʻrilyapti.

    Natijada Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston Respublikasi, Janubiy Koreya va BAA ish beruvchilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Oʻzbekiston fuqarolarini ushbu davlatlarga ishga jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.

    Ushbu davlatlar ish beruvchilari va masʼul tashkilotlar bilan kelishgan holda koʻplab fuqarolarimiz vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilyapti.

    Joriy yil yanvar-fevral oylarida Rossiya Federatsiyasiga 3 209 nafar, Qozogʻiston Respublikasiga 488 nafar, Birlashgan Arab Amirliklariga 3 nafar, Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat taʼtili olib Oʻzbekistonga kelgan fuqarolardan 101 nafari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborildi.

    Yurtdoshlarimiz belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli obyektlarda ish boshlaydi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.