Yanvar-fevral oylarida isteʼmolchilarga qoʻshimcha ravishda 256 038 tonna koʻmir mahsuloti yetkazib beriladi

    Sanoat 7 Yanvar 2022 1045

    2021-yilda isteʼmolchilarga jami 5 mln 465 ming tonna koʻmir mahsulotlari yetkazib berildi.

    “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan 2021-yil uchun belgilangan koʻmir yetkazib berishning barcha koʻrsatkichlari ortigʻi bilan muddatidan oldin bajarildi, deya xabar beradi Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

    Xususan, 2021-2022-yillar kuz-qish mavsumi uchun byudjet tashkilotlariga 450 ming tonna, aholi isteʼmolchilari uchun 705 ming tonna mahalliy koʻmir yetkazib berildi.

    Isteʼmolchilarning talablaridan kelib chiqib, 2022-yil yanvar-fevral oylarida qoʻshimcha ravishda 256 038 tonna koʻmir mahsuloti yetkazib beriladi.