7 yanvarda respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik toʻxtadi. Faqat Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida ertalab, Fargʻona vodiysida kun davomida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Respublikaning togʻli hududlarida biroz qor yogʻadi.

8-14 yanvarda respublika hududi boʻyicha asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

9-12 yanvarda havo harorati kechalari - 2° sovuqdan + iliq, kunduz kunlari +3...+8° iliq, baʼzi joylarda +10... +12° iliqqacha, 13-14 yanvarda kechalari 0... +5° iliq, kunduz kunlari +8...+13° iliq atrofida boʻladi.

Yanvar oyining ikkinchi yarmida harorat kechalari 0...+5° iliqdan -3...-8° sovuqqacha, kunduz kunlari +8...+13° iliqdan 0...+5° iliqqacha, shimolda kechalari 0... -5° sovuqdan -10...-15° sovuqqacha, kunduz kunlari +3...+8° iliqdan 0...-5° sovuqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.

Ikkinchi oʻn kunlikning boshida va uchinchi oʻn kunlikning ayrim kunlarida yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda.