Qattiq chiqindilarni boshqarish sohadagi innovatsion yechimlarni izlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi kimyo vositalarisiz suv resurslarini tozalash va qayta ishlanadigan mahsulotlar boʻyicha bir qator texnologik loyihalar muallifi «GAINA Pro» kompaniyasiga murojaat qildi. Oʻtkazilgan onlayn konferensiyada Oʻzbekistonda qattiq chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashgan zavodni barpo etish loyihasi va ushbu tashabbusda yaponiyalik sheriklarning ishtirok yetish imkoniyatlari muhokama qilindi.

«GAINA Pro» kompaniyasi prezidenti Tatsuya Okuda yigʻilganlarga qattiq chiqindilar, PET-idishlari va oynalar oʻgʻit, yoqilgʻi hamda keyinchalik qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan namlikni saqlovchi substratga aylantirilishi mumkin boʻlgan qayta ishlash texnologiyasini taqdim yetdi. Yaponiya uskunalarining noyob xususiyatlaridan biri bu qattiq maishiy chiqindilar 60 ℃ haroratda qayta ishlanadi. U xom ashyoning yonishi uchun qoʻshimcha energiya xarajatlarini talab qilmagan holda biologik parchalanish orqali sodir boʻladi. T.Okudaning taʼkidlashicha, uskunalar yuqori mobilligi va talab qilingan shart-sharoitlarga qarab, kerakli miqdordagi tonna qattiq chiqindilarni qayta ishlashga qodirligi bilan farq qiladi.

Tadbir chogʻida Xorazm viloyati hokimligi vakillari tomonidan barcha zarur maʼlumotlar keyingi yigʻilishga tayyorlanilishi va ushbu texnologiyani mintaqada qoʻllash imkoniyatlarini yana-da chuqurroq oʻrganish uchun bugungi kunda Xorazm viloyatida chiqindilarni olib ketish va qayta ishlash xizmatlarini koʻrsatuvchi OOO «Urganch Avto Yeko Trans» MCHJ mutaxassislari ham jalb qilinishi qayd etildi, deb xabar beradi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi matbuot xizmati.