Ushbu maqsadlar uchun vazirlik qariyb 32 milliard iyena (taxminan 225 million dollar) ajratishni rejalashtirmoqda. Superkompyuter Yaponiyada sun'iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish uchun ishlatilishi kutilmoqda. Bu orqali IT sohasidagi yapon kompaniyalari va xorijiy raqobatchilar o'rtasidagi tafovutni kamaytirish ko'zda tutilgan. Bo'lim superkomp`yuterga bulutli xizmatlar orqali kirishni ta'minlaydi.

3-yanvar kuni Yaponiya milliy tabiiy fanlar instituti (RIKEN) va Fujitsu mutaxassislari 2025-yilgacha Fugaku superkompyuteriga kvant hisoblash imkoniyatlarini integratsiyalash loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qildi, bu esa unga eng murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi, deb xabar beradi tass.ru.